Assalomu alekum, Sayyodning tinib-tinchimas ijodkorlari va Sardor aka, man
bu xatni yozishimdan maqsad, hozirgi kundagi farzand va ota-onalarning
munosabati haqida aytib o'tmoqchiman. Mana shu voqeani saytizga qo'ysez toki,
boshqa ota-onalar ham buni o'qib saboq olishsin.
Bundam
ikki yil oldin, oppoq libosada ming bir shirin hayollar bilan o'zga uy
ostonasiga qadam qo'ygan kelinchak, bunday qabixliklarga duch kelishini
bilganmikin.......
Nargiza
o'zi judayam aqlli, farosatli, chiroyli qiz edi, biz bir kursda o'qirdik,
judayam qalin o'rtoq edik uni go'zalligiga, uzun sochlariga o'tgan-ketgan yigit
oshiq bo'lib qolardi, hattoki bu xolatga qizlarning xasadi ham kelardi,
oliy o'quv yurtining 3-bosqichiga o'tganimizda u Angliyaga 1 yil
stajirovka o'tash uchun grand yutib ketdi, qaytib kelgandan keyin u bilan uchrashdik, hech ham
o'zgarmagan, o'sha-o'sha chiroyli, sochlari uzun va samimiy edi.
O'sha kundan
keyin negadir u yo'qolib qoldi, men uni topolmadim, telefoni o'chirilgan, uyiga
borsam onasi uyda yo'qligini buvisinikiga To'ytepaga ketganini aytdi, men ha
mayli deb uyimga qaytdim, 1,5 oydan keyin kechasi soat 10 larga yaqin telefonim
jiringladi, olsam Nargiza, u bilan salom-alik qilib bo'lgach , nega buncha kech
qo'ng'iroq qilayotganini so'radim va u menga ertaga to'yi bo'layotganini,
ota-onasi uni majburlab uzatishayotganini, va Angliyada o'qib yurganida bir
yigit bilan tanishib axtu paymon qilishaganini aytib berdi, lekin ota-onasi u
haqida eshitishni ham xohlamay, uni xonasiga qamab, telefonini olib
qo'yishganini, yig'lab aytib berdi. Xullas, u turmushga chiqdi, boshida u bilan telefon orqali gaplashib turdik, u hayoti yaxshiligini u
yigitni unutishga harakat qilayotganini aytib berar, baxtidan xursand edi,
lekin........
Bir kuni uning
onasi qo'ng'iroq qilib, meni dugonam chaqirayotganini aytdilar, men hop
deb, shu zaxoti yo'lga tushdim, dugonamni ko'raman, bir dardlasharkanmizda deb
ich-ichimdan xursand edim, axir uni ko'rmaganimgayam 4 oy bo'lgan edi, uyiga
yetib borganimda, eshikni onasi ochdi, va o'z xonasida meni kutayotganini
aytdi, xonasiga kirganimda u karovatida jonsiz bir qo'g'irchoqdek yotardi, men
bu xolatdan qo'rqib ketdim va uning oldiga borsam yuziga qarab bo'lmas edi,
yuzining biror sog' joyi yo'q, ko'karib ishib ketgan, hattoki og'zini
qimillatishga xoli yo'q edi, keyin onasini chaqirdim va unga nima bo'lganini
so'raganimda, onasi yig'lab bo'lgan voqeani gapirib berdilar: erining
uylanishdan oldin 2 yil birga yurgan qizi bor ekan, lekin ota-onasi г qiz
oilamizga to'g'ri kelmaydi, ma'lumoti yo'q, kambag'al, erdan chiqqan deb rozi
bo'lishmabdi va otasining Toshkentda 1 badavlat do'sti borligi uning oliy
ma'lumotli, chet elda o'qib kelgan qizi borligini aytgan va rasmini ko'rsatib
uchrashuvga chiqishi kerakligini aytgan, xullas, ular uchrashishadi, yigit
uchrashuvdan kelib sevgan qizi bilan reja tuzadi, reja bo'yicha bola г qizga
uylanib bir oz fursatdan keyin, undan har xil kamchiliklar topib, u bilan
ajrashib so'ng o'z sevganiga erishish rejasi edi. Xullas, to'ydan 1 oy o'tib
yigit rejani amalga oshirish maqsadida, dugonamni o'g'rilikda va xiyonatda
ayblab uni shu bugunoq uyni bo'shatib qo'yishini aytadi, dugonam esa, bu
tuxmatdan xangu-mang bo'lib qolib, eridan yalinib-yolvorib bu uydan xaydamasligini
iltimos qilib so'raydi eri bunga ko'nmaydi, va ishdan qaytgunicha uni qorasini
ham ko'rmasligini aytib chiqib ketadi. Bechora dugonam nima qilarini bilmay,
uyida xizmatini qilib yuraveradi, kech tushganda eri kelib xotini ko'rib jaxli
chiqib, nega ketmaganini so'raydi, qiz esa aybi yo'qligini, aytib yig'laydi,
lekin bag'ritosh erning bu ko'zyoshlarga raxmi kelish o'rniga, g'azabi qaynab,
uni do'pposlay ketadi, bu xolatdan qaynona va qaynota hayron bo'lib yugurib
kelib nima gapligini so'rasa, o'g'li xotini o'g'ri va xiyonatchi ekanligin
aytadi, buni eshitib ota-ona, qizni uyiga haydavorishni aytadi va o'g'li uni
do'pposlab ko'chaga olib chiqarib tashlaydi, uni o'lgudek savalab, uni
uyiga Toshkentga, sevgan qizi orqali jo'natib yuboradi.
Bularni
eshitib shok bo'lib qoldim, va kasalxonaga olib borish kerakligini
aytdim, lekin onasi, foydasi yo'qligini, shifokorlar uning qovurg'alari sinib
mayda-mayda bo'lib ketganini, jigari zarbdan ezilganini, va uning qornidagi uch
oylik xomilasi tushib qolganini aytib umid yo'q deya uni uyiga jo'natib
yuborishibdi, uyimga qaytib kelib yum-yum yig'lab, hech o'zimga kelolmadim,
kechasi uxlolmay, ertalabgacha o'tirib chiqdim va ertalab kechasi dugonam vafot
etganini eshitdim.
Ayting bu qanday
qaboxat, odam ham shunchalar vaxshiy bo'ladimi, г bechorani nima gunoxi bor
edi, o'n gulidan bir guli ochilmagan g'uncha edi, bu aytib berganlarim, hammasi
haqiqat, bo'lgan voqea, keyin eshitsam erini 20 yilga ozodlikdan maxrum
etishibdi, men bo'lganimda uni bu qilgan ishi uchun umrbod qamoq jazosini
berardim.Albatta jazo berish allohdan, allohim o'zi uni munosib jazolaydi.
miss Dilya
Sayyod: Бу мавзу хеч туганмас ва доим бахс мунозарага сабабчи. Лекин бир ёқлама қараш керак эмас, хамиша индивидуал вазият ва холатга айниқса воқеага боғлиқ. Ота она албатта хамиша фарзанд учун яхши йўлни танлайди ва ўз холича суриштирган, оиласига маъқул тараф билан қуда бўлишни истайди. Лекин агар икки ёшни бир-бирига кўнгли бўлмай кейин мехр пайдо бўлиш бошқа, ва хар иккисини кўнгли БОШҚАСИДА бўлгани бошқа! Мана шуниси фожеа! Оқибати хам фожеали тугаши жуда жуда хақиқатга яқин. Хар қанча қиз ёки йигит хушсурат бўлмасин, хар қанча аъло хулқ эгаси бўлмасин бир бирини кўзига энг ёмон ва энг жирканч кўринаверади. Чунки қалбида ўзгага мухаббат бўлган инсонда зўрлаб уйланилган ёки турмуш қурилган иккинчи ярми гўё уни барча бахтсизлигига сабабчидек кўринаверади. Ундан тезроқ қутулиш деган фикр тураверади. Бу оддий элементар нарсаку. Ман болани ёнини олмоқчи эмасман, қиз болани уриш нотўғри, лекин сабабсиз гунох хам бўлмас деган бир тушунчам бор. У гунохнинг хам ўз хақиқатлари бўлади. Шунинг учун оила деган нарсани қуришни бошлашда ота она энг нозик чегарани ўйлаб, аввало фарзандлари қалби бўшми ё бандми хисоблашишлари шарт! Чунки фарзанд бўлгани билан у хам келажакда ота ва она бўладиган инсон! Аввало ота она каби у хам ИНСОН! Уни хам севиб севилишга ва хаётда ўз танловини амалга оширишга хақли! Чунки оиласи учун келажакда ота онаси эмас у жавобгар бўлади! Бу нарсаларни ота-оналар балки ўқимас, лекин бўлажак ота оналар учун сабоқ эмас тушунчадек сингишини истардим. Ота онамиз бизни бахтимизни ўйлагани билан унга хоким бўла олмайди, унга жавобгар хам бўлмайди, уни мазасию ва захрини хам улар кейин йиллар мобайнида татимайди. Шахсий фикрим.
ДИҚҚАТ! ДИҚҚАТ!
Эндиликда "Якшанба-мухлис минбари" рукнига юборилаётган хатлардан сайтга чиқарилмаганлари ФОРУМга қўйилиб, мухлислар фикридан келиб чиққан холда сайтга қўйилиши мумкин бўлган имконият берилади. Яъни келган хатлар орасидан сайтга қўйилиши лозим топилмаганлари аввал ФОРУМда чоп этилиб, у ердаги муносабатдан сўнг сайтга қўйилади.
Хозирданоқ ФОРУМдаги "МУХЛИС МИНБАРИ" бўлимига бадиий кенгашдан ўтмаган, ўта нозик воқеа қўйилди;
"Бир кам дунё"
|