[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Форумистон » Умумий » Ижодистон » Monolog (O'zimizni monologlar.)
Monolog
oybekСана: Жума-муборак кун!, 07-Фев-2014, 10:32 | Изох # 1201
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 213
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 851
Холати: Хозир йўқ
qoyil !!!!!
clap

Добавлено (07-Фев-2014, 09:28)
---------------------------------------------
xammalaringizni ijodlariz zur.....

Добавлено (07-Фев-2014, 09:32)
---------------------------------------------
Parvina respect.....


 
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 07-Фев-2014, 13:59 | Изох # 1202
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Qor parchasi 2...

Qor parchasi osmondan kimnidir yuziga astagina tushadi... U erimasdan yerga tushib ketadi. Tushgan yuzi shunchalar sovuq qotganki, hatto mayin, yumshoq qor parchasini ham erita olmadi. Kun juda sovuq. Juda ham. Qor parchalari osmondan juda ko’plab yog’moqda. Ular o’sha sovuq qotgan yuzga to’xtamay urilib, tushishmoqda. Birortasi ham erib, tomchiga aylana olishmadi. Qayta o’sha yuzdan boshqa tomchi oqa boshladi. U ko’z yoshining tomchisi edi. Ko’z yoshlari sekin sekin ko’paya bordi... yerga tushib, yerga to’plangan qor parchalarining bag’riga singib ketdi... u ham muzladi. Esdan chiqdi. Yosh to’kildi, dardlar to’kildi, yosh muzladi, dardlar muzladi... Qor parchalari ovutmoq uchun, osmondan o’ynab-o’ynab tushishdi, quvnab-quvnab tushishdi. Baribir ovunmadi. Qor parchalari uni e’tiborini tortmoq uchun bir joyga to’planishdi va yig’layotgan qizga qattiq urilishdi. Qiz cho’chib ketdi. Atrofga qaradi. Bir yigit turibdi, yuzida tabassum. Qiz yigitni ko’rib, ko’z yoshlarini artib qo’ydi. Ichidan sevindi. U sevgan yigiti, uni oldiga qaytib kelganidan, yana o’sha eski hazilli bilan qaytganidan sevinardi. Ular birga qo’l ushlashib ketishdi... Qor parchalari ularga hamroh bo’lib yog’a boshlashdi, hursandliklaridan yaltirab-yaltirab yog’a boshlashdi... Ikki yosh o’tirishibdi, qorli kechada. Ular tomosha qilishmoqda qor parchasini. Ularni izini yopayotgan qor parchasini... Sovuq... Judayam sovuq. Izg’irin. Ko’chada faqat ular va qor parchasi. Oz vaqtdan keyin ular ketishdi... Qor parchasi yolg’iz qoldi. Yo’q, u yolg’iz emas, qor parchalari ko’p. Juda ko’p. O’ynab-o’ynab yog’ishayapti, quvnab-quvnab yog’ishayapti, bir biriga tegishib yog’ishayapti. Sovuqni ustidan kulib-kulib yog’ishayapti... Bizni havasimizni keltirib yog’ishayapti... Baribir ularni yerga tushgandan keyin unutamiz, qor parchasini qor deya ataymiz. Oppoq qor...

Giyos

sad smile


Sog' salomatlik...
 
QoravoyСана: Жума-муборак кун!, 07-Фев-2014, 19:13 | Изох # 1203
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 31
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 9
Холати: Хозир йўқ
Kechir seni yoqotib qo'ydim. Sindirdim, qorangni ko'rsatmay qo'yding. Seni olib qochtimikan farishtalar? Ilxom farishtasi. O'quvchisini kuldirgan, yig'latkan.. Kechirolsang kechir meni. Mening ijodkor qalamim.

Добавлено (07-Фев-2014, 18:13)
---------------------------------------------
Giyosiddin sizga tan bermay ilojim yo'q. Bu so'zlarni istamaygina ko'z yugurtirishdan boshlab, hayoli qor parchalari ortidan quvgan o'quvchi do'stiz yozvotti. Tanish bilishchilik yo'q.
P.S


Suhbat so'ngida hayot haqida mulohaza yuritmas ekansan, vaqting zoye ketibti.
 
BirinsonСана: Жума-муборак кун!, 07-Фев-2014, 22:49 | Изох # 1204
Рўйхатда
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 74
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 65
Холати: Хозир йўқ
Monolog bor keyin proza bor va yana hikoya bor. Ko'p matnlar oddiy hikoya yoki tabiat tasviri. She'rlar esa she'rlar forumida bo'lishi kerak.
Monolog deganda man Hamlet qo'liga kalla suyagini ushlab olib aytadigan so'zlarini tushunaman. 
Aytmoqchimanki monolog kimgadir qaratilgan bo'lishi kerak. Wikipedyada ham shunday deyilgan.
речь, обращённая к слушателям или к самому себе
Monolog teatr asarlarida yoki kino sneariylarida uchraydi. Shuning uchun aytilayotgan so'zlarning avvalgi voqealar bilan ham bog'liqligi bo'lishi kerak. Monolog juda uzoq ham bo'lolmaydi, unda tomoshabin zerikib qoladi.Ozgina kirish so'zi sifatida gapirayotgan odamni ham tasvirlab berish kerakmidi, qanday odam, qayerda, nima qilyapti.
Aslida monologlarni sevaman. Odamni o'ylashga chorlaydi, chunki monologda to'g'ri murojaat bo'ladi. Masalan: öquvchi sifatida sizga murojaat "siz meni o'rnimda nima qilardingiz" yoki öz-öziga "to'g'ri qildimmikin"
Mazza qilib monolog o'qiyman deb kirgandim, she'r, proza va hikoyalarni ko'rib, a mayli dedimu ketdim smile

Добавлено (07-Фев-2014, 21:49)
---------------------------------------------
Dialog ham bor 48-betda smile


kim aytdi mo'jiza yo'q deb, axir men borman olamda ;)
 
bek88Сана: Якшанба, 02-Мар-2014, 08:15 | Изох # 1205
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Тулгониб кетасан огир ишларда, Баъзан кон тукилар огрик тишларда, Уйгониб кетасан мудхиш тушларда, Мусофир нонини еган дустларим, Буйнинга тушибди замона юки, Кечалар кочади кузингдан уйку. Номарду нокасга булмай деб кулгу. Ризк дея РОССИЯ кезган дустларим, Хамиша уйлайсан мунис ОНАНГНИ. Киндик кони тукилган кулба хонангни. Могиниб яшайсан юртни ватанни, Узок юртда ишлаб юрган дустларим.

Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
nuriyev7077Сана: Якшанба, 02-Мар-2014, 12:52 | Изох # 1206
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 190
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 91
Холати: Хозир йўқ
chummayamman negadr xayollarim tarqoq nimani xoxlayapman o'zi 4unarsiz.....
 
ArMaNiСана: Якшанба, 02-Мар-2014, 17:40 | Изох # 1207
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 4
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 35
Холати: Хозир йўқ
Nechun yurak seni istaydi...nechun yonib yonib bo'zlaydi...gar nigoxim tushsa ko'zingga...yashirmoqni nega istaydi..???

Ko'chada kayfiyatingni ko'taradigan Qizlardan ko'ra. O'lganingda tobutingni ko'taradigan do'stlaring azizdir.....
 
EzoDilСана: Душанба, 07-Апр-2014, 10:44 | Изох # 1208
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
.

Добавлено (07-Апр-2014, 09:44)
---------------------------------------------
Qadimdan bir gap bor: "Örik gullaganda bir qor yog'adi" degan. Mana sizga olam olam qooor! Bechora örik daraxtiga jabr-da!
Qalbimda ochilgan gullarni oppoq laylak qor bitta - bitta tökib ulgurdi. Yana öshanday sovuqlik,muzlik... Ayriliqlar,xörliklar,yolg'onlar qismatim ekan. Yuragim nafratlarga tölishini istamayman. Lekin nafratlanishga majbur qilishmoqda.
Derazadan termuliiib ötirimman. Kechagina ekilgan nihollarni sovuq uribdi,daraxt gullari shamolda jon berib,qorga kömilibdi. Ana,bir dona kurtak qorga köksini qalqon qilib,yashash uchun kurashmoqda. Mana shu umid uchquni... Bösh kelma kurtagim! Yaproqlaring nozik bölgani bilan,asosing mustahkam! Birgina sen daraxtni qayta jonlantirishing mumkin,faqatgina sen uni yashashga undaysan! Taslim bölma! Kurash! Hali bog'larga bahor keladi,bizning köchalarni ham quyosh isitadi. Qorlar ötkinchi. Ular közni qamashtiruvchi oppoqligiyu,etni junjiktiruvchi sovuqligidan mag'rurlanadilar. Lekin bilmaydilarki,quyoshning zarrin nuri bir onda ularni loyqa suvga aylantirishini...


Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
Su'ratim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))


Изохни тахрирлади (ўзгартирди) EzoDil - Пайшанба, 13-Мар-2014, 22:46
 
Dinora_Golden_GirlСана: Душанба, 07-Апр-2014, 12:55 | Изох # 1209
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Ajoyiiib... hands

Fikrim satrimda oshkor!)
 
EzoDilСана: Душанба, 07-Апр-2014, 13:11 | Изох # 1210
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Raxmaat)))

Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
Su'ratim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
 
ParvinaСана: Душанба, 14-Апр-2014, 13:13 | Изох # 1211
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 637
Холати: Хозир йўқ
Кел...

Кел бугун куришиб, булишиб олайлик!!!        Кузларимни сенга бераман, сени кургим келганда, излаш учун!. Хисларимни олиб кет, буйсундира олмаяпман, улар бошка-бошка!  Тушларимни совга килай, куп тушларимга кириб йулдан ураяпсан, Ахмоксан! Оёкларимни синдир, улар факат сен томон отланади. Осмонимни узгартир корага, барча кийимларим шу рангда сенга ёкмаслигим сабаб! Куз ёшимнинг хар томчиси Сенинг бахтинг эди, бахтсизликка куникаман энди. Буёклар менга ортикча, энди ким учун! Балки битта хиёнат киларсан, ушандагина вос кечганларим кор килар, Сен кетгин... яна кимгадир богланиб коларман хазондек!!! Вакт даво.... вакт вафо, хозирча бошкариб тур, кун келиб  оларман барин ижарага!!!! Кел... кел...


Allah büyükdur
 
GiyosСана: Пайшанба, 29-Май-2014, 14:28 | Изох # 1212
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Bahor oxiri. Yomg'ir... boshida shitirlab, keyin esa sharros quydi... Bir zumda hamma yoq ho'l bo'ldi... Agar shu yimg'irda yursangiz, 1 daqiqaga qolmay usti boshingiz shalabbo bo'ladi. Menga yomg'ir yoqadi, yomg'irda yurish yoqadi. Zontiksiz, shunday yomg'irni his qilib, yomg'ir tomchilari yuzlarimga tushganini bilib, haroratini sezib yurish yoqadi. Sochlarim alaqachon ivib ketgan. Yomg'ir suvlari sochimdan yuzimga tomchilab, yuvmoqda. Ba'zi paytlar ko'zimni zo'rg'a ochib yumaman. Oldimda, mendan oldinda ikki yosh ketmoqda... Bir qiz bilan yigit... Men ularni taniyman. Yigit uylangan. Qiz esa turmushga chiqqan. Zontik ostida ketishmoqda. Ular yaqin tanish. Zontik yigitniki, o'ng qo'lida ushlab olgan. Bosh barmog'i zontikni tutquchi bo'ylab ko'tarilgan. Qiz ham zontikni chap qo'li bilan ushlab olgan. Uning qo'llari zontikni tutqichi bilan birga, yigitni bosh barmog'ini ham ushlab olgan... O'zgacha hissiyotda ketishmoqda... O'tmishlarini eslab ketishmoqda... Bir birlariga aytolmagan gaplarini eslab ketishmoqda... Yigit ham qo'lini tortib olgisi yo'q. Qiz esa qattiqroq ushlamoqda. Ular shu bahona bir birlariga nasib qilmagan mehrlarini olmoqdalar, haroratini olmoqdalar... Ular bebahra qolgan hissiyot shunchalar ko'pki, bitta barmoqdan o'tishi qiyinlik qilmoqda. Ular o'zlaricha ko'p narsani hayoldan o'tkazmoqdalaru, lekin bir birlariga bildirmayaptilar. Ikkovlari ham o'yga tolib, hayol surmoqdalar. Endi hammasiga kech bo'lgan. Ikkisi ham bir biriga begonalashgan. Avvalgi yaqinlik ular orasida yo'q. Ikkisi ham oilalik. Yaqinda farzandlik ham bo'lishadi. Ikkisi ham turmush o'rtog'ini yaxshi ko'radi... Shu yomg'ir bahona o'zlari bilib, bilmay ozgina yaqinroq bo'lishdi. Boshqa payt, bunday yurishmaydiyam, hatto, qo'l berib ham so'rashishmaydi....
Yomg'ir tindi. Bir bir tomchilarni aytmasa, butunlay yo'q. Yigit zontikni yopmoqchi ekanini aytdi. Qiz qo'lini oldi. Yigit zontikni yopib, pastga tushurdi. Katta ko'chaga chiqqach, ikkisi ikki tomonga qayrilib ketdi, huddi avval ularni taqdir ayrigandek... Ichlarida o'ylashayapti, yana qachon yomg'ir yog'arkin, deb...


Sog' salomatlik...
 
EzoDilСана: Пайшанба, 12-Июн-2014, 14:55 | Изох # 1213
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Hayot qiziq... Insonlar ojiz... Dunyo yolg'on-u tuhmatlarga makon...
Suyanganim,ishonganim,tavakkal qilganim- Yaratgan Egam! Kechir! Gunohlarim,xatolarim,ojizliklarim uchun kechir! Bugun hovli supirayotib turpoq uyumiga közim tushdi,chumolilar ini ekan,supirmay ötib ketdim. Lekin supirilgan hovlida juda hunuk körinardi,mehmonlar kelishi kerak,turpoq bölib yotmasin deb supirib tashladim. Hovli tozalandi,ammo hovlidagi kir könglimga tushdi. Mana,yana uyqim öchdi. Birgina chumolilar inini buzganim shunchalik könglimni hijil,vijdonimni qiyin ahvolga solayapti-ku,odamlarning uyini,oilasini buzayotganlar qanday hotirjam uxlayotgan ekan a? Boshimizga biror musibat tushganda "Qaysi gunohlarim uchun" deb oh uramiz,dod voy solamiz. Afsuski,insoniyat qilgan xato-yu,gunohlar uchun bittadan g'isht qöyilsa,har kim özi uchun bir "Buyuk Xitoy devorini" kashf etardi. Insonning xatolari öziga körinmaydi,qaniydi imkon bölsa-yu,özingni chetdan kuzatsang... Tög'ri deb hisoblaganlarim xato,xatolarim esa tög'ri ekanligiga köp bora amin böldim. Kimlar meni tushundi,kim sevdi,kimlar nafratlandi... Lekin baralla aytgim keladi könglimda hech kimga nisbatan g'araz yöq,shunchaki juda og'ir vaziyatda juda qattiq ishondim. Huddi sahroda suvsiragan yölovchiga sarob köringani singari,miltiragan yulduzni yorug'lik deb öylabman. Ammo yulduzning yorug'i quyosh porlagandan keyin yöqolib ketarkan. Bog'imda porlagan quyosh abadiy bölsin,uning tafti yuzimga qizillik,könglimga iliqlik olib kira oldi,mehri bardavom bölsin. Kimlarningdir bilib bilmay könglini ranjitgandirman,Ollohim ularning köngliga avf urug'ini sochsin,men ularnikini kechirganim kabi. Ey,Buyuk Rabbim,Ramazonni iymon köz yoshlari bilan yuvilgan yuz, namoz ila poklangan qalb,Sening rizoliging yölida tiyilgan nafs ila kutib olmoqlikni nasib et! Omin!

(EzoDil)


Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
Su'ratim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
 
nuriyev7077Сана: Чоршанба, 18-Июн-2014, 23:16 | Изох # 1214
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 190
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 91
Холати: Хозир йўқ
...

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) nuriyev7077 - Пайшанба, 19-Июн-2014, 11:16
 
Miss-ShoiraСана: Жума-муборак кун!, 20-Июн-2014, 09:17 | Изох # 1215
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 2
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 0
Холати: Хозир йўқ
Ótgan kunlarim esimda... Shunchaki manosiz, mazmunsiz edi ular... Oddiy... shunchaki kunlar...
Kecha yóq eding hayotimda ham, hayolimda ham... Tófon kabi paydo bóldingu, shunchaki ótayotgan kunlarimga maqsad olib kelding...
Bugun yonma-yonmiz... Lekin dardimiz boshqa-boshqa... Birgamiz har kuni, lekin qandaydir uzoqmiz...
Ğamgin bólsang sen siring aytmaysan, dardim tòlsa men ğamim oshkor etmayman...
Kózimiz tóqnashadi har safar, ammo ul kòzlar ortidagi tuyğular yashirin... Urunaman... Intilaman ósha kòzlar ortidagi ğamni bilishga, yurakdagi darding olishga... Yòllar kòp lekin hech biri sening qalbing tomon olib bormaydi... Kòrinmas devor bizni ajratadi... Sen tomon qadam tashlashim uchun imkon bermaydi... U tòsiqni aylanib ham òta olmayman...
Sening qalbing eshigi yopiq... Yól uzoq... tòsiqlar bisyor...
Sabr ... Menda borku, lekin shu sabr ham umidsiz... shu sabr ham arosat... Huddi biz kabi sarson...
Yashirin bari... uzoq oramiz... yonma yonmizu qalbimiz yiroq... tuyğular juda uzoq... bizlarni birlashtiruvchi kòprik ham yòq...
Bugun... shunc haki bari... bekordir balki... uvoldir balki... tushunarsiz bari...
Savollar bisyor... javob esa yagona: qalb eshiging berk! Ochishning esa menda imkoni yòq... yóllarim berk...
Ertangi kun noma'lum... Bugungi munosabat omonat... Ertaga o'rtamizdagi arosat ip ham uzilishi hech gap emas... Uni mustahkamlash esa hayolimizning bir chekasida ham yo'q... Birgamiz... Lekin yo'llarimiz boshqa... Taqdirimiz ayro.
 
DarkСана: Жума-муборак кун!, 20-Июн-2014, 12:13 | Изох # 1216
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 159
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 612
Холати: Хозир йўқ
Ps. Bir paytlar miss_shoira niki ostida istedotli shoira bir qiz bolar edi.
Bir forumda emas, birnecha forumlarda ayni nik ostida yurar edi. Yaqindan tanish emasman, yozgan sherlariga kozim tushib turardi.
Sheri oxshamaydi-ku, lekin nic osha osha))


 
LierGirl2014Сана: Шанба, 21-Июн-2014, 20:38 | Изох # 1217
Иштирокчи
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 190
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 91
Холати: Хозир йўқ
Oldindan oqqan suvni qadri yo'q. QADRIMGA YET!!! yo'qsa kec bo'ladi keyin AFSUSLANASAN...!
 
GiyosСана: Душанба, 23-Июн-2014, 12:51 | Изох # 1218
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Bo'ldi yurak, boshqa sevma, alaqachon sevib bo'lgansan. Endi o'z holimga qo'y. Boshqa sevgi kerakmas menga. Ko'tara olmayman bu og'ir toshni. Bir dona sevdirib charchatdinku axir! Nega yana meni qiynashni hohlaysan? Ahmoqqina yuragimni yana tizminingga solishingga yo'l qo'ymayman! Bilib qo'y! Men avvalgidek yosh, sodda emasman. Hozi ancha ulg'ayganman, pishganman. Baribir boshqa sevdira olmaysan! Ey sevgi. Bilasanmi, men uchun asli sen yo'qsan...
Sevgi... Yana unga o'xshashini topib, menga uchratib, sinadingga?


Sog' salomatlik...
 
EzoDilСана: Душанба, 23-Июн-2014, 14:40 | Изох # 1219
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
p.s: G'iyos aka,monolog bowida yurakka murojaat qib turib,birdan sevgiga ötib ketdizmi?)))

Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
Su'ratim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
 
hamzahokimСана: Душанба, 23-Июн-2014, 17:10 | Изох # 1220
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 144
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 37
Холати: Хозир йўқ
Qoyil

Talabalik oltin davrim!
 
JaNoB_JaDiDСана: Душанба, 23-Июн-2014, 20:47 | Изох # 1221
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
Qirolicham, san eding mani go’zallik timsolim,
Quyoshidan ajralgan tundaman, juda yomon ahvolim.
Qo’limda daftaring, sandan qolgan estalik,
Maktabdagi xotiralar bilan sani esladik.
Bir yuz o`ttiz beshinchi maktab, ha o`sha bizlar o’qigan maktab,
Darsdan so’ng ketardik ikkalamiz ikki ta`raf.
Bir-birimizga e’tibor yo’q, ikkalamiz ikki dunyo,
Mandan sanga qarash yo’q,sandan manga qiyo.
Shunday o’tkazibman qancha yillarimni,
O’ylamabman keyinchalik sog’inchli erta-kechimni.
Oldimda ochilgan gulni yopibman qo’lim bilan,
Ketaveribman egri-qishiq(notekis) yo`llarim bilan.
Internatdagi hayotda qaynaq yoshlik o’chog’ida,
Bilmay asta bog’bon bo’libman muhabbat bog’iga.
Sani har ko’rganimda so’zlar ustida yugurib,
Shoshilib qolar edim tilni har yonga burib.
Muhabbat ertagida yoshning ro`li yo’q, bizlar juft bo`lar edik,
Bir yosh kattaligingni farqi yo’q, bir but bo`lar edik.
O’n besh yillik tuyg’u haqiqiy, HILOLim sevgim doimiy.
Sani esidan chiqarmaydi sani JaNoB JaDiDing!!!

(by 4J)


 
hamzahokimСана: Душанба, 23-Июн-2014, 22:05 | Изох # 1222
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 144
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 37
Холати: Хозир йўқ
Jur'at qalam ötkiru OMAD!

Talabalik oltin davrim!
 
JaNoB_JaDiDСана: Душанба, 23-Июн-2014, 22:55 | Изох # 1223
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
Hamzahokim qalam emas klaviatura kotta smile

rahmat


 
ParvinaСана: Жума-муборак кун!, 27-Июн-2014, 18:59 | Изох # 1224
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 637
Холати: Хозир йўқ
Юрагингни мен учун кулбаси йук экан мехмон килишинг шартмиди? Бу хаёт! Бу хаётда бизни жуфт курайдиган дардкашимиз топилмади, тилилмиз куйиб колсада, атрофимизда парвоналар йук,  Биз айрилдик бемалол, вайронага айлаган кулба билан хеч кимни иши йук. Кимдир дуст булаолмади менга, сенга. Факат никобли вайронкорлар бир марта сен учун, бир марта мен учун ювиб беришди олмаларни, на охиригача ейилди на тишлаб куйилди..... Мендек хасраткаш, мендек тили куйган, мендек кулбаси шикастланган булмаса керак!!!

Allah büyükdur
 
Zulfiya_AСана: Шанба, 28-Июн-2014, 02:50 | Изох # 1225
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1184
Тақдирланишлар: 1
Холати: Хозир йўқ
Факат гамгин монологла ёзилганми? sad

Какие бы гиены меня не окружали,всегда останусь Королевой!)))
 
Форумистон » Умумий » Ижодистон » Monolog (O'zimizni monologlar.)
Поиск: