[ Янги изохлар · Фойдаланувчилар · Қоида · Изламоқ · RSS ]
Модератор форума: Giyos, SarVario, komol_76, Anv@rbek  
Форумистон » Умумий » Ижодистон » Monolog (O'zimizni monologlar.)
Monolog
Dinora_Golden_GirlСана: Шанба, 28-Сен-2013, 13:20 | Изох # 1176
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Da, haqiqatdan ham ajoyib monolog chiqibdi akajonim... hands

Fikrim satrimda oshkor!)
 
DadaxonСана: Шанба, 28-Сен-2013, 14:05 | Изох # 1177
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Raxmat sizlarga yoqqanidan xursandman. Shunchaki öylaymanda kim qanday qayerda kelajakdagi rafiqam. Shularni shunchaki oqqa köchrdim
 
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 04-Окт-2013, 09:29 | Изох # 1178
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
O beg'uborim, yo'llaringda adashib, topolmay seni, sarson sargardonman. Toleyim boqdi, topdim tanho yulduz osmonimdan. Mashriqdan esar shamol, olib kelib, seni iforing. O beg'uborim, sog'intirma men oshiq, telba devonangni. Sensiz huvillar, bo'sh kulbam. Nurga to'lmas, qorong'u xonam. Sen bo'lmasang, kim bo'lar yorim, borim. O beg'uborim, jonim... Jamolingni kam ko'rmoqni, amr qilma, talpinay seni vasling hohshi ila. O beg'uborim, sensan meni yolg'izim... Senla otsin tongim, senla botsin quyoshim... O beg'uborim, bo'l sevgan yorim...

Sog' salomatlik...
 
Dinora_Golden_GirlСана: Шанба, 05-Окт-2013, 00:12 | Изох # 1179
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Ooo... Telbachaginaaam... clap Giyos akachaaam mani... hands

Fikrim satrimda oshkor!)
 
DadaxonСана: Сешанба, 08-Окт-2013, 20:39 | Изох # 1180
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Qara.. Yashayapman xa
ölganim yöq
Borman tirikman, nafas
olyabman qara.
Ösha öshaman, ösha
közlar kör bölib qolmadi,
ösha yuzim ösha lablarim
tildan xam qolmadim.
Faqat, quvonch yöq endi
bu közlarda. Tabassum
paydo bölmayapti ösha
yuzlarda. Yurak
sog'inchdan qiynalib,
oyoqlarga tezlash degan
xukm etmayapti.
Oyoqlarim xichkim tomon
yugirmayapti
chopmayapti. Zato
yashayapman.
Mussaffo tong.. Uyg'onish
kerakligi uchun uyqudan
yuz buryapman, seni
körish uchun uyg'ongan
tonglarimdek emas.
Közlarim ochiboq
telefonimga
boqmayapman, "Xayrli
tong jonim" yöq endi
bunday smslar.
Telfonning xam qizig'i
qolmagan. Lekin
yashayapman.. Mexr berib
mexriboni bölmayapman,
xichkimdan kutmayapman
xam. Vaqt.. Qande ötyapti
xozr nechchi böldi
soatimga qaramayapman.
Qaysidir soatda körishm
kerak bölgan sen
yöqsanku. Ketganman
qaytganim yöq, qaytishni
öylamayapman. Unutmoq
uchun kelganman lek
nega unutmayapman.
Sendan, yurtdan,
yaqinlarimdan olisda lek
baribr yashayapmanku,
ölmadimku. Sinib
qolmadimku. Qaraaaaa
yashayapman.
 
GiyosСана: Пайшанба, 17-Окт-2013, 06:54 | Изох # 1181
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Oq libosda kirib kelding, ko'nglim so'ramay, o'tib ketding. Ko'zda yoshing arta olmay, yongginangga qarab ketding. Ko'z yoshlaring yashirma mendan, koshki bilmasam seni. Qilding hiyonat muhabbatimizga. Ayrding bir birimizdan. Endi bu so'nggi uchrashuv, so'nggi visol. Seni to'yinggu. Yoningda baxtli kuyov. Esdan chiqarma meni hecham, o'chirma meni hayotingdan. Baxtli bo'lganingda qora kuning bo'lib qolsam ham, unutma sira ham. Hozir davraga chiqib, tabrik so'zi aytaman. Sen bilan kuyovga baxt tilab, to'yxonani tark etaman. Faqat bitta iltimos sendan, yig'lamagin gapirayotganimda. Kulib tur, quvonib tur. So'nggi chehrang, qolsin mende shunday... Ketayapman... Yo'ldaman yolg'iz... Sokin kecha... Mayin shamol esmoqda... Ortimga qarayman, oq libosda, bir qiz yugurib kelmoqda...

Sog' salomatlik...
 
Dinora_Golden_GirlСана: Пайшанба, 17-Окт-2013, 13:14 | Изох # 1182
Sayyod.comда пропискада!
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 4486
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 908
Холати: Хозир йўқ
Man yugurib bormiyman... Chunki ikkinchi bo'lgim yo'q azizim...!!!)))

Fikrim satrimda oshkor!)
 
GiyosСана: Шанба, 26-Окт-2013, 00:58 | Изох # 1183
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Birinchim uje zaynit)))


Mayin kuy... Judayam mayin. Qayerdan kelayapgan ekana? Judayam yaqindan eshitilayapti... Qandaydir yaqindan.... Lekin kuy chalayotgan hech kim ko'rinmayapti. Unda qayerdan bu sado... Bir maromda... Bir hil. Doim eshitayapman. Tinch joyda bo'lganimda, zerikkanimda, hayolga botganimda doim eshitiladi... Duk-duk... Ajoyib ozvoz, mayin kuy. Bildim. Bu yuragimni urishi ekan. Har urishida, yashayotganimni bildiradi. Mayin kuy esa, tirikligim musiqasi... Yurak urmasa, yashashdan to'xtayman. Mayin kuy ham, musiqa ham bo'lmaydi. Yuragim, sendan minnatdorman, chunki sen sog'lomsan... Men hayotman....


Sog' salomatlik...
 
DadaxonСана: Пайшанба, 14-Ноя-2013, 15:28 | Изох # 1184
Sayyod.com мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 203
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 244
Холати: Хозир йўқ
Afsuslanishni örganasan..
Menga yig'lashni örgatib
ketding, Xiyonat kitobin yodlatib
ketding.
Endi senga afsuslanishni
örgataman,
Menxam bir kun közing
yoshlataman..
Baxtlidirsan, baxtiyordirsan
xozir.
Eslaganing xam yöqdir meni.
Menga esa og'ir sensiz, juda
og'ir(!)
Eslamagan kunim yöqdir seni.
Atrofingda bisyordir
shaydolaring, ötguvchi xavaskor
oshiqlar xammasi.
Shundan balandda sening
dimog'ing.
sevishni bilmaydi ular,
bilmaysan sen xam..
Bir yaproq yerga qöngudek
fursatda
Bugungi chiroying olislar
sendan.
Öshal onda topilarmu?
Yuzing burib ketgan
oshig'ingdek bir shaydo.
Men kabisi topilarmikan??
.....
Bir guldeksan, xa göyoki gul.
Gulga esa qönguvchi asalari
bisyordir.
Lek, alar shaydoligi gulning
bolin totguncha. Öziga kerak
öshal bolga yetguncha.
Bulut soya solsa g'uncha
qaddinga, xozirgidek atrofingda
ucharmu ular.
Yomg'ir-u döllar yoqqanda
tinmay, kapalagu arilar
ucholmaslar.
Shafqatsiz böronlardan saqlab
xam qololmaslar, istamaslar
xam.
Baxorda yana yangi gul, yangi
bol...
Shunchaki sendagi ifor
qiziqmas endi.
Bu bolning tami tanish ularga,
axir ular bog'bon emasku bir
umr qolgani.
Bog'bonlikka davo xam
qilmaslar, shunchaki iforing
kerak ularga.
Sen esa körmading,
körolmading.
Anglamading anglolmading.
Umrin tikib yölingda,
bog'boning bölay deganni
xaydading.
Bulutlar soya solganda xam
sodiq bölganni xaydading.
Köksidan itarib bechorani, borar
yöllarin tösib qöyding..
Bir kun keladi, bilaman. Öshal
kun yaqin.
Anglaysan, yuraging tirnalar
malxam topolmaysan.
YIG'LAYSAN! Közyoshing
artguvchi sodiq bölmaydi.
Yolg'izlik, sukunat yutadi seni.
Ozod etar xalaskor kelmaydi
kutma.
Axir kechansanku, ketgansanku
özing. Ket degansan,
xaydagansan sodig'ingni.
Ortga qaraysan. Afsus! Yöl yöq
endi uyoqqa, barcha borar
eshiklarni yopgan özing.
Sodiq bölib qolganmanu
ishqimga, lek bilmaysan.
Shundan qaytolmaysan.
Bormayman borolmayman men
xam.
Shunchaki yurak mozorida endi
u tuyg'ular..
Afsuslanishni örganasan
shunda.
D.E (Farid)
 
GiyosСана: Чоршанба, 27-Ноя-2013, 17:31 | Изох # 1185
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Barmog'imga uzuk qulf bo'lib taqildi. Boshqa yozolmasman endi sevgi nomasi... Qo'llarim bormas endi... Qo'llarim bog'landi... Birgina yorim bor endi, beg'uborim mening... So'zdan gap tuzolmay qiynalar boshim, nahot yengildim shunchalar sevgi oldida. Bunchalar mag'lublik kutmagandim o'zimdan. Yolg'iz boshim asta ko'tarar, yorim mening... Endi begona menga yolg'izlik... Baxt qasriga bor endi hamrohim... y

Добавлено (27-Ноя-2013, 16:31)
---------------------------------------------
Barmog'imga uzuk qulf bo'lib taqildi. Boshqa yozolmasman endi sevgi nomasi... Qo'llarim bormas endi... Qo'llarim bog'landi... Birgina yorim bor endi, beg'uborim mening... So'zdan gap tuzolmay qiynalar boshim, nahot yengildim shunchalar sevgi oldida. Bunchalar mag'lublik kutmagandim o'zimdan. Yolg'iz boshim asta ko'tarar, yorim mening... Endi begona menga yolg'izlik... Baxt qasriga bor endi hamrohim... y


Sog' salomatlik...
 
Sardor_BСана: Якшанба, 01-Дек-2013, 09:25 | Изох # 1186
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1161
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 178
Холати: Хозир йўқ
Super Giyos aka ilxom kelsa gar sizga yozing tortinmang

Sayyod.com
 
sweetychocoСана: Пайшанба, 05-Дек-2013, 17:37 | Изох # 1187
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 11
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 18
Холати: Хозир йўқ
"Charchadimku....bilasammi,
qaragin Farishtalar xam tark etti
meni... Qor yog`ayapti, qalbimga
yog`sin"....yana uyga kelib, doimiy
xayollarim quchaman. Atrofga
qaramabmanam....xonam bir axvolda. Xatto
chiroq yo`q... Sham yoqaman...
Yana xayollar....xotira...
Nogox ko`zim Shamga tushadi...

- Hoy, eriyapsan...kel o`chiray seni..
- Tegma, bu Xayot men uchun..
- Tavba, xamroh bo`larmiding, xar tun
menga? Sezmabman...
- O`zgargansan. Atrofing g`aflat. Axvoling
bir yomonki, qaragin o`zingga. Oldinlari
qanchalik yaxshiyding...
- Unda u bor edi...yonimda edi...
- Qarachi atrofingga, xayot
to`xtabtimi?...deydi Sham...qarayman nazar
solib:
- Yo`q, doimgidek. Davom etayapti...
- Sen esa yashayapsanku! Baxting oldinda.
- Chunmaysanda...
- Nega Sabr qilolmaysan...?
- Tugadi u Sabr...
- Orzuying yo`qmi? Yaqinlaringga
kerakdirsan?..
- Xammasi ketti u bilan....
- Kerakmi senga shuncha azoblar...
- Chunmaysanda......
- Shunaqa degin? Albatta axir
insonmasmanku...

Oraga titroqli sukunat tushadi...
Men jim. Sham xam jim....
U erib tugay boshlaydi....yolg`iz qolishni
istamaymanmi...uni yana gapka solaman:

- Sham, aytchi, nega shuncha eshitibsanu
dardlarimni. Indamading? Nega
Dardlaringni aytmading sen xam?
- Jimjitlik yaxshi xamrox...
- Balki.... Dardni bilarmiding sen. Senda axir
nima qilsin insonmassanku....
- Bilasanmi nima? Agar Dard nimaligini
bilmaganimda xozir xamon shula
sochardim...agar barchasiga Sabr
qilmaganimda...xozir o`z o`zimni o`tga
tashlab...so`nmasdim....

Sham istamaygina So`nadi.....xayron
qolaman gaplariga...
U xam sevgan ekanda...gaplari esa
xayolimga bot - bot kelaveradi...
"O`z - o`zimni o`tga Tashlab so`nmasdim"....
 
RaVsHaNBeKСана: Шанба, 07-Дек-2013, 23:29 | Изох # 1188
Иштирокчи
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 193
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Swetychoco prosta klaaass )))

+99893 942 32 32
 
bek88Сана: Пайшанба, 12-Дек-2013, 06:43 | Изох # 1189
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 1565
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 649
Холати: Хозир йўқ
Lola gulni ko'rganda,
Atirgulni unutma. Guzal
qizni ko'rganda,
Farishtangni unutma.


Sayyod.com hayotim bir bo'lagi.
 
GiyosСана: Жума-муборак кун!, 20-Дек-2013, 02:37 | Изох # 1190
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Beg'uborim... Taqdir ko'rmaganda bir birimizga ravo, qo'l ushlashib o'tirmasdik hozir, yurardik ayro... Beg'uborim... Qalbim qulflarini sindirgan, ichidan sevgimni topib, o'ziniki qilgan... Beg'uborim... Men sevmayman-ku desam ham, dod voy solsam ham, baribir o'zini sevdira olgan... Beg'uborim... Bir soniya ko'rmasam, sog'insam, bir soniyamas, yonimda bo'lsa ham sog'insam... Beg'uborim... Hayollarim o'g'rilagan, boshqalarni hayolimga kiritmagan... Beg'uborim... Mehribon bo'lsam, mehribon bo'lgan, sevaman desam, sevaman degan, jonim desam, hayotim degan... Beg'uborim...

Sog' salomatlik...
 
ParvinaСана: Шанба, 21-Дек-2013, 23:24 | Изох # 1191
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 637
Холати: Хозир йўқ
Alvido mehrim!
Soat chamasi 19:05 Biz xatolikka yo'l qo'ygan kecha, bugundan boshlab xatolarimiz evaziga sog'inib, talpinib yashaymizu lekin kechirim biz uchun xatodek tuyulardi. Mehr, mehr va yana mehring kifoya der eding, sen ham mehr berding keragidan ortiq, xatolarimiz tufayli ular qoldi qop-qop... menga ko'rsatgan mehringdan tilim lol dilim esa bol! xatoyingni tan olmaganingdan afsusda emasman, qayta ertangi kuningni kelajagingni kuzatib yuraman bu mening ikkinchi xatoyim. Qara faqat ermak uchun xatolarga qo'l urma, mehringni berma mendan bo'lak hech kimga kuni kelib anglaysan mehring bo'lganin o'yinchoq. Takror qaytarilganda shunday holat o'ksinma bu hayot shunchaki qabul qil, berma erk xissiyotingga balki charchab qolgandir o'yin kulgidan go'yo zerikkandek, xo'rlangan yurak istayotgandir egasin qayta!
Xayr Alvido endi kech, uyg'ataolmaysan urunma behuda, qabul qilaolmayman hatto ko'zlarimni yumib, axir hammaga birdek eskirgan o'yinchoq!


Allah büyükdur

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Parvina - Шанба, 21-Дек-2013, 23:29
 
Malika_95Сана: Якшанба, 22-Дек-2013, 00:09 | Изох # 1192
Иштирокчи
Гурух: Форум аъзоси
Изохлар: 304
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 246
Холати: Хозир йўқ
zor chiqipti clap

Xayotda shunday yashangki kulib-kulib
G`amlar sizga ta`zim qilsin yeti bukilib
 
DarkСана: Чоршанба, 25-Дек-2013, 02:41 | Изох # 1193
Иштирокчи
Гурух: VIP
Изохлар: 159
Тақдирланишлар: 1
Хурмат даражаси: 612
Холати: Хозир йўқ
Ozimga uzoqdan bir nazar soldim...
Unutding deb oylab, mandan uzoqda yurishing...
har bir qadam, daqiqam sani oylash bilan otayotganimni qildim...
Qanchalar xoxlasamda unutolmadim...

uzoqdan nazar solsam...
huddi...
ma'nosiz bolgan hamma narsa mani quvganday...
huddi sansiz hayot ma'nosiz... sovuq...

Uzoqdan qarayman rangsiz yuzimga...
Asl rangi sanda, mehr ko'zlarin, shirin so'zlaring... Qaytsang-da rangim kelsa ozimga...
Sababsiz yiglaging kelarkan, nahot shunchalar soginch...
huzur yoq sansiz...

Uzoq termulaman o'zimga...
Dengizday...
tosharman... bilmam...
qay tomon...
suyganim, sohilim sansiz...

Oppoq qor, sovuq qish...
Mavsummi sovuq?
Mavsumda yoq ayb, yo'qliging sovuq...
Sansiz Sovuq...

uzoq termulaman dengizga...
nursiz, hira bulutlar...
sohili yoq, toshgan tolqinlar..
otirarman, qarab ozimga....
rangsiz...
yolgiz...
sovuq yuzimga...

ps.Dark, qaro tundan....


 
GiyosСана: Якшанба, 29-Дек-2013, 01:15 | Изох # 1194
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ФОРУМ МОДЕРАТОРИ!
Изохлар: 1130
Тақдирланишлар: 6
Хурмат даражаси: 59
Холати: Хозир йўқ
Qor parchasi.
Jimlikda, Sukunatda... Qor parchasining mayin tushushini tomosha qilib o'tirgim keladi. Yolg'iz o'zim. Nimalarnidir hayol qilgim keladi. Yana o'ylab qolaman. Nima sababdan aynan qor parchasining tushayotganini tomosha qilishim kerak? Bu menga nima beradi? Qiziq? Balki oppoqlikligi, ko'nglimdagi g'uborlardan tozalar? Balki ilk yog'ayotgan qor parchasi, yerga tushib, erib ketishi menga umrimiz o'tayotganini bildirar? Shu bilan hayol, hayot haqida ketadi... O'tmish eslanadi... O'tmishda yashaganlaru, hozirga qadar yetib kela olmaganlar yodga olinadi... Qancha odamlarni yer bag'riga topshirdik? Buni eslagim ham kelmaydi... Eslamay ham bo'lmaydi... Qor parchasi hanuz tinchgina, ovozsiz yog'moqda... Yana hayol ketadi... Avvalgi va'dalarimiz eslanadi... Bir paytlar bir insonga va'da bergandim... Sen mendanam baxtli bo'lishing kerak. O'zim baxtli bo'lmasam ham, sen baxtli bo'lasan... Bu unutilgan va'dalar... Esdan chiqqan va'dalar... Esga tushganda o'zimizga yana savollar paydo bo'ladi. U baxtlimi? Javob topa olmay, hayolni boshqa yoqqa chalg'itamiz. Qor parchasi... Ko'plar uni eslamaydi, faqatgina oddiygina qilib qor deyishadi. Qor parchasi aslida qorda qolgan izlarni berkitish uchun, yopish uchun yog'masmikan? Juda ham ko'p qor parchalari yog'ib, shu izlarni yopib, xotiradan o'chirib tashlaydi-ku! Baribir hamma o'sha o'zidan iz qoldiruvchi va sirpantirib yiqituvchi qorni eslaydi... Qor parchasi... Oppoq, mayus qor parchasi. Dardli qor parchasi. Lekin ko'plarga quvnoqli bag'ishlaydi. Qor parchasi bo'lgim kelayapti. Hammaga bir zum quvonch bag'ishlab, keyin erib ketsam ham mayli edi...
Giyos Gapparov


Sog' salomatlik...
 
QoravoyСана: Сешанба, 31-Дек-2013, 18:38 | Изох # 1195
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 31
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 9
Холати: Хозир йўқ
1. Parvina.
"Mehir" haqida ajoyib yozibsiz. Parvina siz yozganlariz rostakasim ajoyib.

Hato qilingan kecha. Mehir keragidan ko'payishi, shundan keyingi uzoqlashish, mehir qoldirgan "mehir" timsoli.

2. Dark(Avaz) do'stim yozganiz yoqti. Doimgidek, nima demoqchiligizzi aniq yozgansiz. O'ziz bunaqamas dib xisoblarsiz. Manga chunarli, sovuq sezildi ayniqsa.

3. Giyor sizga forumda yozaman.


Suhbat so'ngida hayot haqida mulohaza yuritmas ekansan, vaqting zoye ketibti.
 
EzoDilСана: Жума-муборак кун!, 10-Янв-2014, 21:26 | Изох # 1196
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Ketdingiz... Ortingizga boqmay,nafsingizga qilmay xiyonat... Ösha nafsga qilinmagan xiyonat muqaddas rishtaga bölmadi,afsuus... Qölimda farishtam chirqillab yig'lar,közimda yoshlarim tinmasdi sira. Ortingizdan bormoqqa yöq edi imkon,oyoqlarim darddan og'rirdi yomon. Ne edi gunohim,sababin ayting? Tanimga siz yetkazgan dardmidi aybim? Yoki ög'il bölmagan qizim? Ketdingiz... Ortingizga boqmay bir bora. Men kutdim,kelar deb bir kuni zora... Bög'zimda nimadir kuydirar tanam,mendan-da ming chandon dard yutdi onam... Tört oylik farishtam tamshanar,izlar,ona kökragini,mehr isini... Shuginada edi ne gunoh? Közlaringiz söqirmi,ey voh... Ayolning sabriga hattoki fil ham,berolmasdi bardosh,bermasdi chidam. Siz sabab,ortimdan otdilar toshlar,siz sabab ummoncha tökilgan yoshlar. Er körgan dedilar,buzuq dedilar,qonim ichdilar-u,göshim yedilar. Qaniydi... Qaniydi uqdirolsam ularga dardim,deyolsam "Tög'riman!Yöq zarra gardim!"
Qizim...Yolg'izim,farishtam...Qaro közim... Tangrimga shukronam,tashakkur sözim. Bu ne'mat sizda yöq,menga inoyat. Siz bugun bir g'arib,men shodman g'oyat... Hozir u bag'rimda,mitti qölchasi,artar köz yoshlarim,silar sochlarim... "Oyijoniim"deydi chuchuk shevasi,Shudir bor quvonchim,sabrim mevasi...


Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
Su'ratim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
 
JaNoB_JaDiDСана: Шанба, 11-Янв-2014, 03:27 | Изох # 1197
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 1443
Тақдирланишлар: 2
Хурмат даражаси: 425
Холати: Хозир йўқ
Shoir: Olimjon Xoldor
Name: Xiyonat
“… Shunday onalar borki, ko’ngil ko’yiga kirib o’z bolalarini tashlab ketadilar…” 
Aleksandr Ostrovskiy
Bir zot borki bu dunyoda ulug’lardan ulug’dir,
Mehri kundan ham ziyoda qalbi nurga to’lug’dir.
Biroq shunday onalar bor, bolalarin o’ylamay,
Yo’ldan ozur, ilojim yo’q bu qissani so’ylamay:
Uch farzandin qon-qaqshatib, otib do’zax-firoqqa,
Qo’shnilarin hayron etib ketmish noma’lum yoqqa.
Faqat undan qolmish bir xat: “…xayr, endi kelmasman,
Menga kerak erk, muhabbat, boshqasin bilmasman.
Demangizlar ko’zi tindi, yo’q, yo’q! Barin tark etdim,
O’z tengimni topdim endi, izlamanglar, men ketdim!”
Uchta go’dak bir-birining kirgan edi pinjiga,
Ota o’qir xatni nolon, yutar dardin ichiga:
- Bolalarim, yig’lamangiz, nodon bo’lgach onangiz,
Yuragimni ezmangiz, tutsin uni nolangiz.
“Sayoq yurgan tayoq yeydir”- degan xalqda hikmat bor,
Bir kun kelib bo’ylaringiz ko’rmoqqa u bo’lur zor.
Onam o’lgan, denglar agar so’rasalar odamlar,
Elu yurtdan qilmapti or tutsin ohlar, sitamlar…
Uchta go’dak piq-piq yig’lar, axir odam temirmas,
Ota sho’rlik o’zin chog’lar, ammo bo’g’ilar nafas.
Jovdiraydi yoshli ko’zlar tashqariga intizor,
Eng kenjasi esa bo’zlar: “… ayajonim, qilmang zor!”
Qanday yurak berur bardosh qizchaning nolasiga,
Bunday savdo tushmasin hech insonning bolasiga.
Shu ketgancha o’tdi yillar Hilola ketdi benishon,
Zilzilada edi dillar, O’sar edi qiz, o’g’lon.
“SOG’INCH” degan dard o’tida ular katta bo’ldilar,
Onasizlik hasratida… Bari ortda qoldilar.
Bilmam yana qancha uyga u xat tashlab ketmishdir,
Yana qancha go’daklarni tirik yetim etmishdir.
Qani endi ko’zlarimga yo’liqsaydi o’sha zot,
Bardosh berib so’zlarimga, demasdim ming faryod!...
Aytadigan gaplarim bor, so’rog’im bor bir jahon,
Koshki edi ona bo’lib tinglay olsa u nodon.
Axir Hilola ona sha’nin ulug’ligin bilmadi,
Ona bilan bu hayotning yorug’ligin bilmadi.
U o’yladi: “ayolman-ku, hamma meni yoqlaydir,
Ne qilsam ham kechiradir, hamma meni oqlaydir!”
Yo’q, undaymas, baxt degani – farzandlarning kamoli,
Kelajagi, istiqboli, nabiralar jamoli…
Bilarmikan, u bularnni, yo’q, bilmaydi hech qachon,
Ona bo’lmoq juda qiyin, bo’lmoq qiyin chin inson.
Iztirob ne bilarmikan, bilmasmikan yo zinhor,
Yolg’iz unga aytadigan bitta xolis gapim bor:
- Bolalaring taqdirini sen bir o’ylab ko’rdingmi?
Qilmishlaring o’z-o’zinga bir bor so’ylab ko’rdingmi?
Yo’q, yo’q, buni qilolmaysan, yuzing qora el ichra,
Ona degan – ayol degan – mehrdan bo’lsa picha –
Shu yo’lga kirarmiding, bolalaring etib zor,
Sendaylarni qalamimga olmoqqa ham etgum or!
Bilasanmi bir kun kelib ularga zor bo’lishing,
Kechirarmi, kechirmasmi bolalaring qilmishing.
Odam degan – ona degan nahot shuncha bo’ladir,
Qaysi ona bu dunyoda sendek kunga qoladir?!
Men hech ertak to’qimadim, kechirasiz, onalar,
Yo moziydan, yo tarixdan titmadim afsonalar.
Bu qissaga sabab erur bir oshnamning xotini,
Faqatgina she’rga solib, aytib berdim men uni.


 
ParvinaСана: Чоршанба, 05-Фев-2014, 10:29 | Изох # 1198
Сайт ашаддий мухлиси
Гурух: VIP
Изохлар: 1439
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 637
Холати: Хозир йўқ
Тақдир!!!
Гарчи хақиқат аччик, чучук бўлсада,тўймаяпман сени ўйлашдан! Сенинг хар бир ўйга ботган кеча-ю
кундузинг узоқлаштирмасин мени... агар-да малол келмаса ўйлама мени, унут, кутма хам тутай аъза азобланган умидларимга. Гар келишга қилсанг қарор, соғинтирмай яшашни уқтир ўзингга. Хайрлашгим йўқ, халоватсиз кеча-кундузим, лек соғинч-лақорним тўқ. Гох-гохида тўйиб-тўйиб йиғлаб бергим келади, токи кўз ёшимни
артишда улгурмаётгангилинг ва қайта завқланиб, эркалангим келади. Совуқли кунда Юр кўз ёшимла курилган уйга, куёшчиқишин кутамиз бирга!!! Тақдир бўлсада хаёт завқи, соғинчи нега яшамас эканмиз бирга, бермасдан эътибор ён атрофдагиларга. Юрақол, юр мен сенинг изингдан...

Добавлено (05-Фев-2014, 09:29)
---------------------------------------------
Севгилим хайр!!!
Танамда туйгу колмаган, кулларим сезмаяпти тафтингни, багрим буш-бушдек, лавларим...., кузларим чакнамокда факат кайгудан. Агар билсангиз кайгу хам туйгу экан, уни хис этиш, севиб туйиш хУдди китобдек! Севгилим деймиз, сузларига эътибор бермаймиз
С- СЕНСИЗЛИК 
Е - ЭЪТИБОРСИЗЛИК
В - ВАЪДАЛАР
Г- ГУНОХЛАР
И - ИЧКИЛИК
Л - ЛАТТАБОЗЛИК
И - ИЖНИКЛИК 
М - МЕХРСИЗЛИК
 иборат булган алдов туйгу, Сенсизлигим эътиборсизлинингдан, ваъдаларинг гунохларинг билан тенг. латтабозлигинг-у, ичкиликбозлигинг инжикликларимга сабаб булиб, мехрсизликка олиб келди. энди бирон бир кераксиз суздан узингга туйгуларни ясаб олгин! хайр...


Allah büyükdur

Изохни тахрирлади (ўзгартирди) Parvina - Душанба, 13-Янв-2014, 18:47
 
QoravoyСана: Чоршанба, 05-Фев-2014, 20:28 | Изох # 1199
Рўйхатда
Гурух: Янги аъзо
Изохлар: 31
Тақдирланишлар: 0
Хурмат даражаси: 9
Холати: Хозир йўқ
Sukut saqlab turgandim. Ko'zim yumuq. Sen esa laxzani boy bermay o'zingni oqlash bilan ovvorasan. Ming xil gap, ming bir baxona. Qulog'im ostida usha bitta gap. "Men sizdan ketaman, meni ko'nglim boshqada."
Men esa jim turib kuzatib qoldim. Quvonib ketkansan aniq ushanda. -- ortingdan qayt demasam, tiz cho'kishga g'ururim yo'l qo'ymasa. Meni nima keragim bor? "Qo'y" deb o'ylagansan jimligim ko'rib. O'ylading, seni kutadi mexribon bir yor. Har kuni poyinga to'shaydi gullar. "Boylikda emas-ku axir xamma baxt" degansan ming karra o'zingni aldab. Afsuski ko'ngil degan gaplar bor.
Boshiga ko'tarib yurgandur balki, yoki chiqib olding uning boshiga. Oqibati nima bo'ldi, yomon qulading.
Sog'inib ketardim yetmay bardoshim.
Izg'ilab yurardim ko'cha-ko'ylarda.
Huddi kinodek o'sti soch soqol.
Tuyg'ular uvol-mi, orzu xom hayol.

Mana endi ko'zim ochildi. Qarshimda jimgina turibsan qarab. Ko'zingda xayrat, hayajon, umid, balki nafrat yasharin. Savolni o'qidim ochiq ko'ryabman. -- "meni kechirdizmi, yoki bag'ringiz toshga aylandi?"
Vaqt jazo, vaqt davo be vafolarga.
Vaqt jallod, vaqt odil poshsho bizlarga.
Vaqtim yo'q, vaqt tig'iz shoshib turibman.
Sen ketkach odamdek oyla quribman.


Suhbat so'ngida hayot haqida mulohaza yuritmas ekansan, vaqting zoye ketibti.
 
EzoDilСана: Пайшанба, 06-Фев-2014, 18:06 | Изох # 1200
Sayyod.com мухлиси
Гурух: ЗАПРЕТДА!
Изохлар: 877
Тақдирланишлар: 0
Холати: Хозир йўқ
Mittigina qalbim... Qizalog'im öynaydigan mozaikaga öxwaysan göyo. Yillar böyi orzu-yu ertaklardan bölaklaringni bir butun qildim. G'ubor yetkazmadim,asrab-avayladim. Lekin bir on,bir daqiqa,birgina söz uni bir inson tomonidan buzib yuboriwi mumkin ekan,xuddi yerda sochilib yotgan mazaikalar singari... Sochilib yotgan bölaklaring oldiga tiz chökaman,közlarimdan oqayotgan yowlar bölaklaring ustida tonggi wudring kabi jilovlanadi. Qizalog'im,ota-onam,döstlarim bitta-bitta bölaklaringni joyiga joylamoqdalar. Men un seni butun böliwingni hohlayaptilar... Kuch birlikda-ku axir,tögrimi? Yig'dilar... Faqat... Faqat birgina bölak yöq! Hech kim topolmadi... Butun böliwing un birgina bölak kifoya edi-ya... Sen öksima,aslo xafa bölma! Men iwonaman, öwa bölak yöqolmagan. Kimdir,qachondir uni olib kelib öz örniga qöyadi. Ana öwanda bir butun bölasan! Men esa chin dildan iwonaman. Hozir öwa kimdir,qayerlardadir bir bölagi yöq qalbni qidirib yurganiga iwonaman. Uning qölida sening bir parchang men tomon yöl körsatadi...
EzoDil


Kimgadir borligim o'zi bir dunyo,
Su'ratim avaylab yurakka ildi.
Kimgadir aksincha,keldimmi malol,
Ertadan kechgacha g'iybatim qildi))
 
Форумистон » Умумий » Ижодистон » Monolog (O'zimizni monologlar.)
Поиск: